Şvetsiya TIV rahbari Margot Vallstrem ma'lum qilişiça, mamlakat Venesuela muxolifati yetakçisi Xuan Guaydoni Venesuelaning qonuniy vaqtinçalik rahbari sifatida tan oladi. U bu haqda Sveriges Radio radiosida aytib ötdi.
Uning sözlariga köra, Şvetsiya hukumati Guaydoni qöllab-quvvatlaydi va uni qonuniy vaqtinçalik prezident, deb hisoblaydi.
Ispan boş vaziri Pedro Sançes Xuan Guaydo Venesuelaning vaqtinçalik prezidenti sifatida tan olinişini e'lon qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Uning sözlariga köra, Venesuela imkon qadar tezroq yangi saylovlarni ötkazişi kerak.
«Men prezident Xuan Guaydoni Venesuela uçun javobgar prezident sifatida tan olaman», - deya ma'lum qilgan Sançes.
Buyuk Britaniya, Avstriya, Daniya va Fransiya ham Venesuela muxolifati yetakçisi Xuan Guaydoni mamlakatning muvaqqat prezidenti sifatida tan oldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatdi.
Qayd etilişiça, Avstriya kansleri Sebastyan Kurs va Britaniya TIV rahbari Jyeremi Xant bu haqda tvitterdagi sahifalarida yozişgan.
Xantning sözlariga köra, prezident Nikolas Maduro belgilangan 8 kunlik muddat içida prezidentlik saylovini ötkazmagan.
«Buyuk Britaniya yevropalik hamkorlar bilan birga Xuan Guaydoni işonçli saylovlarga qadar vaqtinçalik konstitutsiyaviy prezident, deb tan oladi», - deya yozgan Xant.
Eslatib ötamiz, avvalroq Venesuela TIV Trampning bayonotiga javob qaytargani, Maduro Guaydoga çaqiriq bilan çiqqani xabar qilingandi.













