4 fevralda dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq Facebook taşkil topganiga 15 yil töldi. Ijtimoiy tarmoqqa 2004 yilda Mark Tsukerberg, uning Garvard universitetida öqişi davomida xonadoşlari bölgan Eduardo Saverin, Dastin Moskovits va Kris Xyuz tomonidan asos solingan.
Dastlab sayt Thefacebook deb nomlangan, unda faqatgina Garvard talabalari röyxatdan öta olişgan. Söngra ijtimoiy tarmoqda Bostondagi universitetlar, söngra esa .edu domenida elektron manzilga ega bölgan AQŞdagi barça ta'lim muassasalarining talabalari röyxatdan öta olişgan.
Ijtimoiy tarmoq 15 yillik faoliyati davomida tobora kattalaşib, boyib bordi. Kompaniya oxirgi yillarda bir qator kompaniyalar, jumladan Instagram va WhatsApp’ni sotib olgan.
2018 yil 31 dekabr holatiga köra, Facebook’da 35587 kişi işlagan. Dekabr oyi davomida ijtimoiy tarmoqqa kuniga örtaça 1,52 mlrd foydalanuvçi taşrif buyurgan, oylik örtaça taşrif 2,32 mlrd kişini taşkil qilgan. Kompaniyaning 2018 yildagi tuşumi 55 mlrd dollarni taşkil qilib, 2017 yilga nisbatan 38 foizga oşgan, sof daromadi esa 22,1 mlrd dollarga yetgan.
Tsukerberg dunyoning eng badavlat odamlari röyxatida birinçi örinlardan birini egallaydi, 1 fevral holatiga köra, uning boyligi 66 mlrd dollardan köproqni taşkil qilgan.
Sanab ötilgan muvaffaqiyatlarga qaramay, 2018 yil kompaniya uçun murakkab keçdi. Kompaniya foydalanuvçilar ma'lumotlari sizib çiqib ketişi bilan boğliq bir neça mojarolar markazida qolgan. Bu sohadagi bir neça qoidabuzarliklar ijtimoiy tarmoq nufuziga nafaqat putur yetkazgan, balki Yevropa Ittifoqida unga yangi jarimalar solinişi bilan xavf solmoqda. Bu vaziyat esa kompaniya xodimlariga öz ta'sirini ötkazmay qolmagan: hozirda ular kompaniyaning kelgusi taqdiriga unça işonqiramay qaraşmoqda.
Ötgan yilk Tsukerberg ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bosib ötilgan yöl haqidagi fikrlari bilan bölişgan:
“Bu yillar davomida men tasavvur qiliş mumkin bölgan xatolarning deyarli barçasiga yöl qöydim. Önlab texnik xatolar va yomon şartnomalar böldi. Men nomunosib odamlarga işonç bildirdim, iste'dodli odamlarni notöğri örinlarga qöydim va muhim trendlarni boy berdim”, deb yozgan tadbirkor.












