Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oyoq kiyimlariga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi
O‘zbekistonda fuqarolarga o‘z ehtiyojlari uchun 65 grammgacha zargarlik buyumlarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirishga ruxsat etiladi. Ammo ushbu mahsulotlarni ko‘p miqdorda mamlakatga noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlar hamon uchrab turibdi.
Ana shunday bir nechta urinishlar Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti aniqlandi.
Ushbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro T.N. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, uning qo‘l yuklari orasida va etigi ichiga yashirilgan, og‘zaki so‘rovda taqdim etilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan qiymati 7 560 000 so‘mlik, jami og‘irligi 252 gramm bo‘lgan 39 dona oq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini mamlakatga yashirincha olib kelayotganida to‘xtatib qolindi.
Shu kabi yana bir holatda fuqaro U.A.ning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, jami og‘irligi 335 gr. bo‘lgan, oq metalldan yasalgan umumiy qiymati 10 050 000 so‘mlik ya'ni, 45 dona zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirganligi aniqlandi.
Yana bir holatda, bojxonachilarda e'tiborini tortgan fuqaro M.G. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, oyog‘idagi qora rangli tuflisining ichki tovon qismiga 2 dona sellofan paketda qiymati 21 000 000 so‘mlik, og‘irligi 70 gramm bo‘lgan 17 dona sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini qo‘shni mamlakatdan yashirib olib kirayotganligi fosh qilindi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
21:22 / 18.04.2026
Transport vazirligi xalqaro yuk tashuvchilarning ruxsatnomalari bilan bog‘liq muammo bo‘yicha izoh berdi
17:00 / 26.03.2026
O‘zbekistonga chetdan olib kirilgan telefonni IMEI ro‘yxatidan qanday o‘tkazish mumkin?
08:40 / 17.03.2026