Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi huzuridagi Davlat quriliş nazorat inspeksiyalar faoliyatining samaradorligini oşiriş çora-tadbirlar töğrisida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi huzuridagi Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi negizida öz balansi, bank muassasalarida hisobraqamlari hamda Özbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan muhriga va yuridik şaxs maqomiga ega bölgan Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi huzuridagi Davlat quriliş nazorat inspeksiyasi etib qayta taşkil etilişi mumkin.

Inspeksiyaga Özbekiston Respublikasi quriliş vazirining tavsiyasiga köra Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan Inspeksiya boşliği rahbarlik qiladi.

Inspeksiya boşliği tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan birinçi örinbosar hamda örinbosarga ega böladi.

Inspeksiya boşliği öz maqomiga köra Özbekiston Respublikasi quriliş vazirining birinçi örinbosariga tenglaştiriladi.

Inspeksiya faoliyatini moliyalaştiriş Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari va budjetdan taşqari manbalar hisobiga amalga oşiriladi.

Inspeksiya quriliş faoliyatida davlat nazoratini amalga oşiruvçi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Inspeksiya şahar va qişloq aholi yaşaş punktlarini qurilişida şaharsozlikka oid qonun hujjatlari, şaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etilişi ustidan Davlat nazoratini amalga oşiradi.

Inspeksiya şaharsozlik faoliyati sohasida quriliş sifatini nazorat qiluvçi buyurtmaçining texnik nazorati, loyiha taşkilotining mualliflik nazorati, pudratçining quriliş-montaj işlari va işlab çiqariş xizmatlarini tanlab nazoratdan ötkazadi (300 kubdan kam bölgan va yakka tartibdagi uy-joy qurilişi bundan mustasno).

Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligining Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş hamda ularning xodimlarini ijtimoiy himoya qiliş va moddiy rağbatlantirişni kuçaytiriş böyiça moliyaviy mablağlarni jamlovçi va taqsimlovçi Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi huzuridagi Davlat quriliş nazorat inspeksiyasi faoliyatini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.