Amerikalik olimlar AQŞdagi yoşlar orasida saraton kasalligiga çaliniş holatlari keskin ösganini aniqladilar. Salbiy epidemiologik vaziyat asosiy sababi semizlikning tarqalişidir, deyiladi MedicalXpress’dagi matbuot uçun xabarnomada.
Tadqiqotçilarning aniqlaşiça, 1995 yildan 2015 yilgaça bölgan davrda 50 yoşgaça bölgan ayollar va erkaklar orasida köpinça ortiqça vazn xavf omili böladigan salbiy ösimtalar köproq paydo böla boşlagan. Şu bilan birga, kiçikroq yoş kasallanişning nisbatan yuqori darajasi bilan boğliq bölgan. 45-49 yoşdagi kişilarda jigar saratoni bilan kasallaniş ehtimoli körib çiqilayotgan davrning har bir yili uçun bir foizga oşdi, 30-34 yoş va 25-29 yoşga yetganlar uçun esa bu körsatkiç mos ravişda ikki hamda tört barobarga köpaygan.
Bundan taşqari, eng yoş milleniallar orasida semizlik bilan boğliq boşqa turdagi saratondan aziyat çekiş barça yoşdagilar orasida ham yuqori bölgan. Buyrak saratoni bilan kasallangan bemorlarning soni 6,23 foizga, öt pufagi saratoni - 3,71 foizga, qovuq saratoni - 3,35 foizga va içak saratoni - 2,41 foizga ösdi.
Olimlar sözlariga köra, semizlik salbiy ösimtalar paydo bölişining eng osonlik bilan oldini oliş mumkin bölgan sabab hisoblanadi. AQŞda 12 ta saraton holatidan taxminan bittasi ortiqça vaznga aloqador, Buyuk Britaniyada esa - 20tadan bittasi. Şu bilan birga, AQŞning 20-49 yoşdagi fuqarolari yarmidan köpi meva, sabzavotlar va dukkakli mahsulotlarni kam yeyişadi hamda fastfud, şirin içimliklar va tuzni köp iste'mol qilişadi.












