5 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alişer Sultonov Xalqaro atom energetikasi agentligi (XAEA - MAGATE) delegatsiyasi a'zolari bilan uçraşdi. «Özatom» agentligi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.

Uçraşuvda atom energetikasi faoliyatining yölga qöyilişi nafaqat energetika rivoji, balki fan, kadrlarni tayyorlaş kabi sohalarning jadal rivojlanişiga sabab bölişi, mamlakatning qişloq xöjaligi, tibbiyot, quriliş yönalişlaridagi imkoniyati bir neça baravarga  oşişi ta'kidlandi.

Şuningdek Özbekistonda kadrlarni tayyorlaş masalasiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi. Bugungi kunda özbekistonlik 58 talaba “Moskva muhandislik-fizika instituti” milliy tadqiqot yadroviy universitetida ta'lim olmoqda. Toşkentda mazkur universitetning filialini taşkil qilişga doir işlar olib borilmoqda, bu yerda Özbekistonning yadro energetikasi sohasi uçun kadrlar tayyorlanadi.

AESni barpo etişga oid keng kölamli işlar doirasida XAEA bilan hamkorlik ham yangi bosqiçga kötarildi. Xalqaro agentlik bilan hamkorlikda ötkazilayotgan seminar ham şu yönalişda olib borilayotgan muhim işlardan biridir.

XAEA delegatsiyasi nomidan sözga çiqqan Jyentkovski uçraşuv uçun minnatdorlik bildirib, tinç atomdan foydalanuvçi mamlakatlar qatoriga kirayotgan Özbekiston öz oldiga qöygan vazifalari bilan hayratga solayotganini ta'kidladi.

“Yadro energetikasini rivojlantiriş katta resurslarni, jumladan, investitsiyalarni talab qiluvçi loyiha hisoblanadi. AES qurilişi işlari murakkab bölsa-da, siz ularni qisqa muddatda bajarişga tayyor ekanligingiz quvonarli. Biz esa, öz navbatida, sizni töliq qöllab-quvvatlaşga tayyormiz, bunday hamkorlik loyihaning barça xavfsizlik talablariga muvofiq kelişiga yordam beradi”, - dedi XAEA yadroviy qurilmalar xavfsizligi bölimi direktori G.Jyentkovski.

Jyentkovskining sözlariga köra, XAEA delegatsiyasi a'zolari Özbekistonga taşrifi doirasida mamlakatda AES qurilişi loyihasining amalga oşirilişida xavfsizlik ustuvor vazifa ekaniga işonç hosil qilişgan.

"Öz zimmangizga XAEA talablariga muvofiq böliş majburiyatini olayotganligingiz juda muhim. Biz uşbu standartlarni mamlakatingizda ommalaştirişga doir barça çoralarni köramiz. Loyihangiz samarali va xavfsiz bölişi tarafdorimiz",