O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e'lon qilindi.
Farmonda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi.
Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalar tashkil etiladi, ularning namunaviy tarkibi tasdiqlanadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
a) O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash;
aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga vakolatli organ hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish;
aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini nazorat qilish;
aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni moliyalashtirish, materiallarni qayta ishlashni tashkil etish va yakuniy natijalarni e'lon qilish masalalari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishda ishtirok etish uchun jismoniy va yuridik shaxslarni, ularning mehnatiga haq to‘lash masalalarini hal qilgan holda, jalb etishni tashkil etish;

















