Xalq deputatlari Namangan viloyat kengaşining sobiq deputati, pora bilan uşlangan Olimjon Abdunazaroviç Töxtanazarovga nisbatan sud hukmi öqildi.
Kun.uz manbasi xabar qilişiça, unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») 3-qismi, «v» bandi böyiça qöyilgan ayblov 168-moddaning 1-qismi va 211-moddaning («Pora beriş») 1-qismi bilan qayta malakalangan hamda unga nisbatan 45 («Muayyan huquqdan mahrum qiliş») va 57-modda («Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qiliş») qöllangan holda Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 59,61-moddasi tartibida tayinlangan axloq tuzatiş işlari jazosini töliq, mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qiliş jazosini qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil ötaş uçun 2 (ikki) yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilinib, jami 3 yilu 1 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.
JKning 62-moddasi tartibida 2018 yil 22 sentyabrdan 2019 yil 5 fevral kuniga qadar 4 oy 14 kun qamoqni har bir kunini ozodlikni çeklaş jazosini bir kuniga hisoblab, tayinlangan jazodan çegirilib, 2 yil 8 oy 16 kun ozodlikni çeklaş jazosi qoldirilgan.
Hukm çiqarişda sobiq deputatning oilaviy şaroiti va yagona boquvçiligi inobatga olingan.
Olimjon Töxtanazarov muqaddam Pop tumanida maktab direktori lavozimida işlagan, 2017 yilning noyabrida sud hukmi bilan lavozimidan ozod qilingan ayolga davlat organlaridagi mansabdor tanişlariga pora beriş orqali muammoni 500 dollarga hal qilib berişini va'da qilgan va keyinroq pora oliş çoğida uşlangandi.
U 2018 yilning 22 sentyabrida Namangan viloyati huquqni muhofaza qiluvçi idoralari tomonidan hamkorlikda ötkazilgan tadbir davomida arizaçi I.M.dan 500 dollar pulni olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan qölga olingandi.
Uşbu holat yuzasidan Olimjon Töxtanazarovga nisbatan 22 sentabr kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi («xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan firibgarlik»), 28-moddasi («jinoyatda iştirokçilarning turlari») va 211-moddasi 1-qismi («pora beriş») bilan jinoyat işi qözğatilgan. Şuningdek, Olimjon Töxtanazarov xalq deputatlari Namangan viloyat kengaşi roziligi olingan holda,












