AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeoning Fox Business telekanali efirida ma'lum qilişiça, Rossiya va Kuba allaqaçon Venesuela içiga kirib olgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Davlat kotibi Venesuelada Kuba va Rossiyaning iştiroki aynan qanday ekaniga aniqlik kiritmagan. Şu bilan birga, Pompeoning umid qilişiça, mamlakatda «hokimiyat özgarganda», Venesuela aholisi «suveren va mustaqil» xalq bölişni xohlaydi. Şuningdek, uning bildirişiça, venesuelaliklar «xavfsizlik va farovonlik» masalasi böyiça «ruslar va kubaliklarga» tayanişi kerak emas.

Eslatib ötamiz, avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat muxolifati yetakçisi Xuan Guaydoning taqdiri haqida gapirgandi.