Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tolibon” IShIDga qarshi kurashishdan manfaatdorligini bildirdi
Foto: AFP
“Tolibon” harakati Afg‘onistonda IShIDga qarshi kurashdan manfaatdorligini bildirdi. Bu haqda Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi va bo‘lib o‘tajak prezident saylovlariga nomzod Muhammad Xanif Atmar jurnalistlarga aytib o‘tdi.
Afg‘onistonda hukumat kuchlari va “Tolibon” jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik ketmoqda. Shuningdek, mamlakatda IShID guruhi ta'siri kuchaygan. Afg‘oniston mudofaa va xavfsizlik milliy kuchlari butun mamlakat bo‘ylab terrorchilikka qarshi qo‘shma operatsiyalar olib bormoqda.
Moskvada Afg‘oniston bo‘yicha o‘tayotgan muzokaralarda “Tolibon” delegatsiyasining rahbari Sher Muhammad Abbos Stonikzoy AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi muddati bo‘yicha qaror hali yo‘qligini ma'lum qilgan.
“AQSh kuchlari iloji boricha tezroq ketishi lozim, biroq biror qaror, biror kelishuv yo‘q. Biz muzokaralar olib bormoqdamiz”, deb aytgan Stonikzoy jurnalistlarga.
Avvalroq Afg‘oniston delegatsiyasining boshqa a'zosi amerikaliklar qo‘shinlarining yarmini aprel oxirigacha olib chiqishga va'da berishganini ma'lum qilgan.
Shuningdek, Moskvadagi anjumanda tomonlar keyingi yig‘ilishni Qatarda o‘tkazishga kelishib olishgan.
Mavzuga oid
14:30 / 17.05.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 600 kg narkotik modda to‘xtatib qolindi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026