Germaniya kansleri Angela Merkel ma'lum qilişiça, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Myunxen Xavfsizlik böyiça konferensiyasiga taşrifi bekor qilinişiga qaramay, Fransiya va Germaniya örtasidagi munosabatlar döstona hamda barqaror bölib qoladi. Bu haqda Handelsblatt xabar bermoqda.

«Kanslerda Fransiya prezidenti bilan birgalikda iştirok etiş uçun hali imkoniyatlar böladi», - deya ma'lum qildi hukumat spikeri Şteffen Zaybert. Uning qöşimça qilişiça, nemis tomoni Makron Myunxenga safarini bekor qiliş qaroriga kelgani haqida oldindan bilgan, ammo bunday qarorning sabablarini izohlamagan.

«Interfaks» agentligi xabariga köra, Merkelning özi Makron bilan «hali köp uçraşuvlar bölişi, ular asosida Axen şartnomasi ruhi tirik ekaniga işonç hosil qiliş imkoniyati taqdim etilişi» haqida jurnalistlarga ma'lumot bergan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniya bilan “Şimoliy oqim-2” loyihasini amalga oşiriş masalasi böyiça ziddiyat Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning xavfsizlik böyiça Myunxen anjumaniga taşrif buyurişdan boş tortişiga ta'sir qilgani xabar berilgandi.