Jahon | 09:30 / 10.02.2019
8045
2 daqiqa o‘qiladi

Irlandiyada selfi suratga tushish uchun maxsus joylar paydo bo‘ladi

Irlandiyadagi turistlar o‘rtasida mashhur joylarda «selfi uchun maxsus joylar» paydo bo‘lishi kutilmoqda. Suratga tushayotgan insonlarni fojiali tasodiflardan asrash uchun bu choraga qo‘l urilmoqda, deb xabar bermoqda Insider.

Ijtimoiy tarmoqlarning ommalashuvi tobora oshib bormoqda, chiroyli fotosurat uchun o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yayotgan insonlarning soni ham ko‘paymoqda. Chunonchi, 2014 yildan 2016 yilga qadar turli davlatlarda selfi tushishda ehtiyotsizlik qilib 127 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Irlandiyalik siyosatchi Jim Deyli butun mamlakat bo‘ylab selfi suratga tushish uchun maxsus joylar yaratish taklifini ilgari surdi. Bu chora qiziqqon turistlarni balandlikdan qulash, jarohat olish va o‘limdan asrash maqsadida qo‘llanilmoqda. Shuningdek, unchalik mashhur bo‘lmagan joylarni tanitishda va mamlakatga yangi sayohatchilarni jalb qilishda u ajoyib marketing yurishi bo‘ladi.

«Odamlar Instagram’ga Irlandiyaning suratini joylashtirishganda, unga heshteg ham qo‘yishganda, bu mamlakatga yanada ko‘proq turist jalb qilish uchun tekin reklama bo‘ladi», — degan siyosatchi.

Selfi uchun maxsus joylarni xarrak va kursilar bilan jihozlash taklif etilmoqda. Xavfli joylarda esa maxsus himoya vositalari paydo bo‘ladi va turistlar o‘z hayoti uchun qayg‘urmasdan suratga tusha olishadi.

Foto: Irlandiyadagi Moher qoyalari. Udivitelno.com

Xavfsiz selfi uchun infratuzilma avvalo Moher qoyasi, Kinseyl shahri yaqindagi burunda joylashgan eski mayoq, Baltimor mayog‘i va Loh-Hayn tabiat qo‘riqxonasida paydo bo‘ladi. 

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid