Taniqli nigeriyalik futbolçi Piter Odemvingiye ayni paytda Toşkentda bölib turibdi. Kun.uz manbasining tasdiqlaşiça, uni «Bunyodkor» boş murabbiyi Vadim Abramov öz klubida töp suriş uçun taklif etgan.

37 yoşli hujumçini bugun «qaldirğoçlar»ning «Buxoro»ga qarşi örtoqlik uçraşuvini kuzatayotgan «Bunyodkor» murabbiylari bilan körişgan. Manba ma'lumotiga köra, Abramov haqiqatan ham uni jamoa hujum çiziğini kuçaytiriş maqsadida çaqirgan, ammo «Bunyodkor» rahbariyatiga bu nomzod bilan şartnoma imzolaş varianti ma'qul kelmagan.

Odemvingiye ertaga, 10 fevral kuni Toşkentdan jönab ketişi kutilmoqda.

Foto: ÖzA

Ma'lumot uçun, Piter 1981 yilda Toşkentda tuğilgan. Faoliyati davomida «Lill», «Lokomotiv» Moskva, «Vest Bromviç», «Kardiff» va «Stok Siti» kabi klublarda öynagan; Nigeriya terma jamoasi safida Afrika millatlar kubogining uç karra bronza medali sohibi bölgan. U 2017 yildan buyon Indoneziyaning «Madura Yunayted» klubi şarafini himoya qilayotgan edi.