Samarqandda 1000 dollar evaziga MIBga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan byuro inspektoriga sud hukmi o‘qildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Jomboy tuman bo‘limi energiya resurslari va suvdan foydalanish tartibini nazorat qilish sho‘'basi davlat inspektori vazifasida ishlab kelayotgan S.N. MIBga ishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, 1000 dollar talab qilganida qo‘lga olindi va sud qilindi.
U Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi Sh.B. bilan gaplashib qolib, uni 1000 AQSh dollari evaziga Byuro organlariga vakolatli shaxslar orqali ishga kiritib qo‘yishni va'da qiladi.
S.N. Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi tizimiga ishga qabul qilish masalasini boshqarma mansabdor shaxslar orqali hal qilib berishi evaziga Sh.B. dan 1000 dollarni Jomboy tumani «Samarqand» mahallasida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasida firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida tezkor-tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlanadi va tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Sudya F.Xudoyberdiyev raisligida o‘tkazilgan Jinoyat ishlari bo‘yicha Bulung‘ur tuman sudining ochiq sud majlisida S.N. aybiga to‘liq iqrorligini bildirib, haqiqatdan ham u Sh.B. bilan Samarqand qishloq xo‘jalik institutida talabalik davridan buyon tanishligini, Byuro organlariga ishga kirishida amaliy yordam bera oladigan tanishlari yo‘qligini, ushbu haqida Sh.B.ga yolg‘on gapirganini, o‘zini xuddi Byuro organlariga ishga kiritishda amaliy yordam bera oladigan tanishi bordek ko‘rsatganini gapirib bergan.
Sudlanuvchi S.N. sodir qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini aytgan va suddan qonuniy yengillik berishni so‘ragan.
Sud O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan, S.N.ga uzil-kesil 3 yil muddatga muayyan huquqdan — davlat ishtirokidagi tashkilot, muassasa, korxonalarda moddiy va mansabdorlik lavozimlarida hamda Majburiy ijro byurolarida ishlash huquqidan mahrum etib, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.
Mavzuga oid
17:40 / 12.11.2024
Andijonda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
18:40 / 09.11.2024
MIBning Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi
09:28 / 08.11.2024