Sobiq Ittifoqda «katta terror» nomini olgan qirğinda barça millatlarning fikrlaydigan odamlari ayovsiz qirilgan. Odamlarni qamaş uçun kiçik sabablar ham yetarli bölgan. Agar heç qanday ayb topilmasa, tergovçilar odamlarga «ölmas ayblov»ni tönkaşgan: «58-modda». Jinoyat kodeksining bu moddasi «revolyutsion farovonlik»ga nisbatan sabotaj qilganlarni qamoqqa tiqiş uçun eng köp qöllanilgan. Şundan 58-modda deganda köpçilik aynan sabotajni tuşunadi.

Har kim öz yoşligidagi futbolni boşqaça yaxşi köradi. Ayniqsa 90-yillar futbolini bugungi katta avlod entikiş bilan eslaydi. Öylab qolasan kişi: axir har yili yangi futbolçilar çiqsa, nega kattalar hamon öşa xira kadrlardagina saqlanib qolgan futbolni maqtaşadi? Bugungi futbolçilarning qiliqlarini körib sababni topgandek ham bölasan – u vaqtlar futbolçilar faqat futbol haqida öylaşgan...

Sabotaj mavzusi zamonaviy futbolda tez-tez tilga olinadi. Biror jamoa sabotaj orqali biror murabbiyni yoki futbolçini ketkazganini heç kim aniq faktlar bilan isbotlay olmaydi, lekin futbol körib yurgan odam futbolçilarning harakatidan ular öz imkoniyatlaridan past öynayotganini sezadi.

Keça «Çelsi» Premer-Liga 26-turida «Mançester Siti»ga 0:6 hisobida mağlub bölganini kördingiz. «Şaharliklar» 25 daqiqa içida «Çelsi» darvozasiga 4 ta gol urişdi. APL tarixida özining eng yirik mağlubiyatini qabul qilib olgan «Çelsi»da Maurisio Sarrining taqdiri söroq ostida qoldi. Abramoviç uni katta niyatlar bilan Angliyaga olib kelgandi, lekin yaqinda örtamiyona «Bornmut»ga 0:4 hisobida yengilgan Sarri endi «Siti»dan oltita gol qabul qilib oldi. Birinçi davrada hammani ketma-ket mağlub etgan, amaldagi çempion «Mançester Siti»ning mağlubiyatsiz seriyasiga çek qöygan «Çelsi»ga nima böldi? Yoki «sarribol» iş bermay qoldimi? Bunga köp sabablarni keltiriş mumkin. Ulardan biri sabotaj. «Çelsi» futbolçilari bu tarzda murabbiylarni «haydaşni» qoyillatişadi axir.

Birinçi qurbon – «Iuda»

Angliya futboliga qiziqadigan muxlislardan «Qaysi «Çelsi» kuçli, Mourino yarim asrdan söng Premer-Liga taxtiga olib çiqqan «Çelsi»mi yoki Çempionlar Ligasida ğolib bölganimi?», deb sörasangiz, deyarli barça 2004 yil Mourino qabul qilib olgan «Çelsi»ni tanlaydi. Çunki Lempard, Terri va Drogba kabilar eng zör davrini boşdan ötkazgan öşa «Çelsi»ning futbolçilari börttiriş bölsa ham, «ğalaba uçun maydonda ölişga tayyor edilar». 2012 yil inqiroz holatida bölişiga qaramay Çempionlar Ligasini yutgan «Çelsi» ham hurmatga munosib, lekin aynan öşa futbolçilarning aksari keyinçalik juda xunuk qiliqlar çiqarişdi.

Angliyadagi debyutidayoq «Çelsi»ni ketma-ket ikki marta Premer-Liga ğolibligiga olib borgan Joze Mourino 2013 yil yana «Çelsi»ga qaytdi. Birinçi urinişda kuçli uçlikka kirgan Joze ikkinçi mavsumda (2014/15) «Çelsi»ni yana Angliya çempioniga aylantiradi. Bir qaraşda 2015 yil Joze uçun yana top darajaga kötariliş yilidek köringandi, lekin aynan öşa yil u uçun «Çelsi»dagi oxirgisi böldi.