Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidenti “Tolibon”ga mamlakatda ofis ochishga ruxsat berishga tayyorligini bildirdi
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon” radikal harakati a'zolariga Kobul, Nangarhor yoki Qandahorda ofis ochishga ruxsat berishga tayyorligini bildirdi.
“Agar “Tolibon” ofis istasa, uni ertangi kuniyoq Kobulda, Nangarhor yoki Qandahorda ochishga ruxsat beraman”, deb aytgan G‘ani Nangarhor viloyatiga tashrifi vaqtida. “Biz mamlakatda mustahkam va munosib tinchlikni ta'minlaymiz”, deb qo‘shimcha qilgan prezident.
Ma'lum qilinishicha, toliblar vakillari o‘tgan hafta bir qator talablar orasida, rasmiy ofisi bo‘lishi kerakligi muhimligini ta'kidlab o‘tgan. Harakatning rasmiy vakili Suxayl Shoxinning ta'kidlashicha, toliblar Qatardagi ofisining xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishi lozim, deb hisoblaydilar.
Mavzuga oid
14:30 / 17.05.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 600 kg narkotik modda to‘xtatib qolindi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026