Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Tramp va Si Tszinpinning uchrashuv joyini ma'lum qildi
Foto: REUTERS
AQSh rahbari Donald Tramp va Xitoy yetakchisi Si Tszinpinning uchrashuvi Amerika prezidentiga qarashli, Florida janubidagi Mar-a-Lago qarorgohida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Axios Oq uydagi ikki manbaga asosan xabar bermoqda.
Manbalar so‘ziga ko‘ra, AQSh prezidentining maslahatchilari norasmiy tarzda Floridada ikki yetakchi sammitini o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Shu bilan birga, manbalarning ta'kidlashicha, aniq joy borasida hali bir qarorga kelinmagan. Sammit natijalariga ko‘ra, Vashington va Pekin savdo urushiga yakun yasashi mumkin.
Taxminlarga qaraganda, Tramp va Si Tszinpinning uchrashuvi shu yil mart oyi o‘rtalarida o‘tkazilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp va Si Tszinpin Vetnamda uchrashishi mumkin ekani aytilgandi.
Mavzuga oid
10:31 / 27.02.2026
Kuba chegarachilari o‘qqa tutgan katerda amerikaliklar bo‘lgan
20:43 / 22.02.2026
Tramp qarorgohining qo‘riqlanadigan hududiga kirishga uringan shaxs o‘ldirildi
21:12 / 18.08.2025
Tramp va Putin uchrashuvi global bozorlarda jiddiy aks-sado bermadi
23:01 / 12.06.2025