Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri Odil al Jubayr AQŞning qirollikka qarşi ehtimoliy sanksiyalarini "ğalati" deb hisoblaşini bildirdi.

"Kongress a'zolari Eron va "Hizbulloh" qöllab-quvvatlayotgan terrorçi taşkilotlarga qarşi kuraşayotgan Saudiya Arabistoni va BAA kabi ittifoqçilarini töxtatişga urinişlarini judayam ğalati deb hisoblayman", - dedi u CBS kanaliga bergan intervyusida.

Ötayotgan haftada jurnalist Jamol Qoşiqçining ölimiga aloqador bölganlarga qarşi sanksiyalar kiritiş töğrisidagi qonun kongressga yana taqdim etildi. Bundan taşqari, Yamandagi fuqarolar uruşida ommaviy qurbonlar bölayotgani haqidagi xabarlar ortidan qirollikka qurol yetkazib berişni qisqartiriş borasida taşabbuslar ilgari surilmoqda.