AQŞ prezidenti Donald Tramp senatning razvedka böyiça qömitasi rahbari Riçard Byorrga tayanib qömita uning Rossiya bilan aloqalarini tasdiqlovçi heç qanday dalil topa olmaganini ma'lum qildi.

"Senator Riçard Byorr, razvedka böyiça qömita rahbari hozirgina ikki yillik suriştiruv, ikki yuzdan ortiq intervyu va minglab hujjatlardan söng Tramp va Rossiya örtasida heç qanday maxfiy kelişuv yöqligini aniqlaganini xabar qildi. Kimdir bundan hayron qoldimi?" – deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.

Avvalroq AQŞ senatining razvedka böyiça qömitasi Rossiyaning 2016 yildagi AQŞ prezidenti sayloviga "aralaşuvi" töğrisida yangi hisobotni çop etgandi.  

Rossiya bu ayblovni bir neça bor rad etgan.