Angliya çempionatining 26-turida «Mançester Siti» «Çelsi»ni yirik hisobda mağlub etdi. Mançesterdagi «Etihad» stadionida keçgan uçraşuvda mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz 6ta gol urdi.
Öyinning törtinçi daqiqasidayoq Rahim Sterling hisobni oçdi. Köp ötmay Serxio Aguero «şaharliklar» ustunligini oşirdi, köp ötmay u ikkinçi golini urdi. 25-daqiqada esa Ilkay Gundöğan hisobni 4:0 körinişiga keltirdi.
Ikkinçi bölim boşida Aguero penaltini aniq ijro etib, het-trikni rasmiylaştirdi. Öyin oxiriga borib Sterling oltinçi golni urdi.
Bu «Çelsi»ning öz tarixidagi eng yirik mağlubiyati böldi, jamoa hali heç qaçon 6ta töp farqi bilan yutqazmagandi.
Bu ğalabadan keyin «Mançester Siti» oçkolari sonini 65taga yetkazib, Premer-Liga turnir jadvalida birinçi öringa kötarildi. «Çelsi» esa 50 oçko bilan qoldi va töplar nisbatiga köra oltinçi öringa tuşib ketdi. Beşinçi örindagi «Arsenal»da ham 50 oçko bor, lekin töplar nisbatiga köra yuqoriroqda joylaşgan.
Angliya çempionati
26-tur
Mançester Siti – Çelsi 6:0
Gollar: 1:0 – 4 Sterling, 2:0 – 13 Aguero, 3:0 – 19 Aguero, 4:0 – 25 Gundöğan, 5:0 – 56, penalti Aguero, 6:0 – 80 Sterling.
Mançester Siti – Ederson, Laport, Stounz, Uoker, Zinçenko, de Bryuyne (Marez, 68), Fernandino (Silva, 75), Bernardu Silva, Gundöğan, Sterling, Aguero (Gabriel Jyezus, 65).
Çelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso (Emerson, 73), Aspilikueta, David Luiz, Barkli (Kovaçiç, 52), Jorjino, Pedro (Loftus-Çik, 65), Kante, Azar, Iguain.
Ogohlantirişlar: Jorjino (60), Alonso (69), Gundöğan (77).












