AQŞning The National Interest naşri yirik muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan beşta harbiy işlanmadan iborat röyxatni tuzdi. Pirovard natijada, bu işlanmalardan birortasi öz tasdiğini topmagan.  

Bu qurollarni işlab çiqişdan körilgan zarar 30 mlrd dollarga yaqinni taşkil qilgan.  

Antireytingga özi nişonga oluvçi snayard Brilliant Anti-Tank Munition yetakçilik qilmoqda. Uşbu supersnaryad sovuq uruş yillarida sobiq ittifoq tanklariga qarşi işlab çiqilgan. Snaryad istalgan tankning zirhini teşib ötişi közda tutilgan. Biroq natijada loyiha ustida 2003 yilgaça iş olib borilib, söngra bekor qilingan. Bu loyiha soliq tölovçilarga 2,2 mlrd dollarga tuşgan.   

2-örinni RAH-66 Comanche vertolyoti egallagan. Bu sovuq uruşi davriga mansub yana bir işlanmadir. 1991 yilda vertolyotni Boeing va Sikorsky kompaniyalari qöşma jamoasi taqdim qilgan. Uning ilk parvozi 1996 yilda bölib ötgan. Loyihaga 7,9 mlrd dollar sarflangan, biroq 2004 yilda xarajatlar özini oqlamagani sabab yopib yuborilgan.

Röyxatga, şuningdek, 155 mmli öziyurar gaubitsa Crusader ham kiritildi. Bu loyiha 2002 yilda yopilgan. 

2003 yilda AQŞ “kelajak tanki”ni yaratiş ğoyasi bilan yongan. Future Combat Systems (FCS) jangovar tizimini işlab çiqişga 18,1 mlrd dollar sarflab bölingaç, tank qanday körinişga ega bölişini hattoki loyiha mualliflari ham bilmasliklari aniqlangan. Natijada u ham özini oqlamagan loyiha sifatida yopilgan.

Quruqlikdagi jangovar transport sifatida loyihalangan Ground Combat Vehicles’ga “bor-yöği” bir milliard dollar sarflangan. Loyiha 2014 yilda bekor qilingan.

Ta'kidlaş joizki, bugungi kunda AQŞ harbiy budjeti 700 mlrd dollardan köproqni taşkil qiladi.