AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Yaqin Şarqdagi vaziyatni barqarorlaştiriş rejasini işlab çiqişni yakunladi va uning yakuniy talqinini prezidentga taqdim etdi, deb xabar berdi Fox News öz manbalariga tayanib.
Oq uy asr kelişuvi deb hisoblanayotgan mazkur hujjat 175-200 sahifadan iborat. Fox News manbalarining ta'kidlaşiça, reja Isroilda 9 aprel kuni bölib ötadigan saylovga qadar çop etilmaydi.
«Biz Isroil xavfsizligiga tahdid solişi mumkin bölgan biror narsani amalga oşirmaymiz», — deb ta'kidlagan manba.
Telekanalning bildirişiça, prezident maslahatçisi Jared Kuşner va Yaqin Şarq işlari böyiça maxsus vakil Jyeyson Grinblatt Tramp ma'muriyati taklif etadigan Isroil-Falastin tinçlik kelişuvi tafsilotlarini muhokama qiliş uçun Fors körfazidagi beş davlatga borişni rejalaştirgan.












