Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatining eksport salohiyatini oşirişga qaratilgan islohotlarni yanada çuqurlaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi, “Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi bilan birgalikda:

Respublikada yiliga kamida bir marotaba  töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqaruvçilarining töqimaçilik va moda industriyasi Xalqaro körgazmalari ötkazişni jahon amaliyotiga kiritiş böyiça çoralar köradi;
  
Yevropa ittifoqi, Turkiya, Koreya, Xitoy va boşqa mamlakatlar bilan işlab çiqilayotgan kelişuvlarga bojxona tölovlarini kamaytiriş va milliy töqimaçilik mahsulotlariga nisbatan soddalaştirilgan va tarifsiz tarzda tartibga soliş masalalarini kiritadi.

“Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda uç oy muddatda töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining yagona axborot portali işlab çiqiş hamda işga tuşirişni ta'minlaydi.

“Özstandart” agentligi “Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi bilan birgalikda:

2019 yilning 15 fevralga qadar belgilangan tartibda töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini sinovdan ötkaziş, standartlaştiriş sohasida amaldagi  hujjatlarni  xalqaro me'yorlarga mosligi böyiça xatlovdan ötkaziş;

2019 yil 1 martga qadar töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlari uçun belgilangan xalqaro standartlar va sinovdan ötkaziş metodlarini belgilab, ularni bosqiçma-bosqiç qabul qiliş jadvalini tasdiqlaydi.

Özbekiston Respublikasi investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi manfaatdor taşkilotlar va tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining amaldagi eksport şartnomalari garovi evaziga öz mahsulotlarini eksportoldi moliyalaştiriş mexanizmini tatbiq etadi.

Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi boşqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Respublika hududiga tayyor töqimaçilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarni noqonuniy import qilişga qarşi kuraşişni kuçaytiriş  böyiça amaliy çora-tadbirlar rejasini tasdiqlaydi.