Xitoy dunyodagi eng kuçli dengiz qurolini sinovdan ötkazdi. Bu qurol 2020-yillar örtalarida qurollanişda paydo bölişi mumkin.

CNBC telekanalining ma'lum qilişiça, gap xitoyliklar birinçi marta harbiy kemaga örnatgan relsotron haqida bormoqda. Porox örniga elektr magnit energiyani qöllovçi yangi qurol yaxşi natijalar körsatgan. Sinovlar 2023 yilda yakunlanişi kutilmoqda.

Xitoy relsotronidan otilgan snaryad soniyasiga 2,5 km tezlik bilan uçib, 200 km uzoqlikda joylaşgan obektni nişonga olişi mumkin. Ma'lum qilinişiça, Vaşingtonda joylaşgan bunday relsotron zambaragidan otilgan snaryad Filadelfiyaga 90 soniyadan kamroq vaqt içida yetib boradi. 

Ta'kidlanişiça, amerikaliklar ham şunday qurol ustida iş olib borişmoqda, biroq xitoylik hamkasblaridan ança ortda qolganlar.