Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilişni yanada çuqurlaştiriş va uning eksport salohiyatini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»ga qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uç oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvçi 2019-2025 yillarda töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantiriş Konsepsiyasini tasdiqlaydi:
· kompleks yondaşuv asosida xomaşyoni qayta işlaş, tayyor mahsulotni, şu jumladan, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş hamda qöllab-quvvatlaş asosida işlab çiqariş va eksport qiliş, töqimaçilik mahsulotlarini sotişning içki va taşqi bozorlarini tadqiq qiliş;
· içki va taşqi bozorlarda mahsulotlar raqobatbardoşligini ta'minlaş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş, qöşimça qiymat yaratişning yagona zanjirini tuziş;
· respublikada işlab çiqariladigan paxta ip-kalavalarning butun hajmini qayta işlaş hisobiga 2025 yilga borib töqimaçilik mahsulotlari eksporti hajmini 7 milliard AQŞ dollariga yetkaziş.
Şuningdek, Prezident qarori bilan 2019 yil hosilidan boşlab respublika taşkilotlariga paxta tolasini sotişda qöşilgan qiymat soliği jahon bozorlarida şakllangan narxlardan qat'i nazar, paxta tolasining amaldagi sotiş narxidan kelib çiqqan holda hisoblanişi belgilab qöyilmoqda. adi.












