Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» Zidanni taklif qilishi mumkin
«Chelsi» klubi Zinedin Zidanni bosh murabbiy qilib tayinlashi mumkin.
The Sun xabariga ko‘ra, londonliklar jamoaning so‘nggi natijalaridan norozi va bosh murabbiy Maurisio Sarrini iste'foga chiqarishi mumkin.
«Real» bilan uch marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan 46 yoshli fransiyalik bu lavozimga loyiq ko‘rilmoqda. Agar Zidan mavsum o‘rtasida ish boshlashga rozi bo‘lsa, «Chelsi» unga shartnoma taklif qilishga tayyor.
Bundan tashqari, Zidanning kelishi jamoa yetakchilarini, xususan Eden Azarni klubda olib qolish imkoniyatlarini oshirishi ham mumkin.
Zinedin Zidan 2018 yilning 31 mayida, «Real» bilan navbatdagi YeChL g‘olibligini qo‘lga kiritganidan keyin iste'foga chiqib, tanaffus olgandi. O‘tgan vaqt davomida uning nomi bir necha marta «MYu» bilan bog‘landi.
«Chelsi» esa APLning 26-turida «Manchester Siti»ga 0:6 hisobida mag‘lub bo‘lgach, bosh murabbiyning «kursisi qimirlab qoldi». Bundan avvalroq «Chelsi» agar Yevropa Ligasini erta tark etsa, Maurisio Sarri iste'foga chiqarilishi haqida xabarlar berilgandi.
Mavzuga oid
14:28 / 09.01.2026
Televideniyedan murabbiylikka o‘tgan, Runiga yordamchilik qilgan – «Chelsi»dagi yangi «nouneym» haqida
13:35 / 05.01.2026
«Siti» va «Liverpul» yana ochko yo‘qotdi, «Real»da yangi yulduz porladi
18:30 / 01.01.2026
«Chelsi» bosh murabbiy Enso Mareskani iste’foga chiqardi
22:28 / 17.12.2025