Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda valuta operatsiyalarini tartibga solish soddalashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Dasturga ko‘ra, “Valutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yangi tahrirda ishlab chiqiladi. Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
sohaga oid qonunosti hujjatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, havolaki normalarni maksimal darajada qisqartirgan holda valuta operatsiyalarini amalga oshirishga oid barcha jihatlarni tartibga solish;
xalqaro tajribani chuqur o‘rganish asosida va tadbirkorlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, valuta operatsiyalarini tartibga solishni soddalashtirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning o‘z valuta mablag‘idan erkin foydalanish huquqining kafolatini mustahkamlash;
mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda, kapital harakati bilan bog‘liq operatsiyalarni tartibga solish;
valuta bozori faoliyatini yanada takomillashtirish va erkinlashtirish;
norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritishi natijasida olingan mablag‘larini chet el valutasiga ayirboshlash amaliyotini yanada soddalashtirish.
Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas'ul ijrochi - Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil 1 mart, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil 1 aprel.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2018 yilda banklar tomonidan aholiga qancha dollar sotilgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
19:51 / 27.05.2026
1 dollar ≠ 1 so‘m ≠ 1 rubl. Valutalar qiymati nega har xil?
09:39 / 27.05.2026
Markaziy bank valuta operatsiyalari tartibiga o‘zgartish kiritmoqchi
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
20:41 / 08.05.2026