Ukraina hukumati bir tomonlama ravişda MDHning Davlat rahbarlari kengaşi va Hukumat rahbarlari kengaşi huzurida maslahatlaşuv iqtisodiy işçi komissiyasini tuziş töğrisidagi kelişuvini bekor qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, bu holat vazirlar mahkamasining 13 fevral, çorşanba kuni bölib ötgan yiğilişida yuz bergan.

Agentlikdan aniqlik kiritişlariça, uşbu hujjat 1992 yil 9 oktyabrda Bişkek şahrida imzolangan. Ukraina, Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Moldova, Tojikiston va Özbekiston kelişuv iştirokçilariga aylangan.

Qayd etilişiça, hujjat davlatlar örtasida ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş böyiça takliflarni işlab çiqiş, şuningdek, boşqaruvning muayyan sohalarida köp tomonlama qarorlarni amalga oşiriş maqsadida işlab çiqilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina yetakçisi Pyotr Poroşenko rossiyalik kuzatuvçilarni saylovlarga kiritmaslikka qaror qilgandi.