12 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Xorazm viloyatida 2019 – 2020 yillarda qovun yetiştiriş hajmlarini yanada köpaytiriş çora-tadbirlari töğrisidagi 114-sonli qaror qabul qilindi.
Qaror Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Qişloq xöjaligi vazirligi va Xorazm viloyati hokimligi tomonidan işlab çiqilgan.
Unda 2019 – 2020 yillarda qovun mahsulotlarini yetiştiriş, qayta işlaş va eksport qiliş hajmlarini köpaytiriş, xususan, foydalanilmayotgan yerlarda eksportbop qovun mahsulotlarini oçiq usulda yetiştiriş, Xorazm viloyati tumanlarida qovun ekiş uçun issiqxonalar taşkil qiliş çora-tadbirlari belgilab berilgan.
Qaror bilan Xorazm viloyati hokimligiga, Qişloq xöjaligi vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi bilan birgalikda viloyatdagi zaxira yerlar hisobidan qovun yetiştirişni bosqiçma-bosqiç köpaytirib boriş uçun zarur yer maydonlarini belgilangan tartibda ajratiş çoralarini köriş yuklatilgan.
Şuningdek, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşiga:
- Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda qovunning oçiq maydonlar va issiqxonalar uçun möljallangan eksportbop navlari uruğlarini yetarli miqdorda yetiştirişni ta'minlaş;
- «Özagroeksport» AJ bilan birgalikda 2 oy muddatda dunyodagi asosiy iste'molçi davlatlarning qovun mahsulotlarini tur va navlari böyiça import qiliş hajmlarini örganib çiqib, Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiş vazifasi yuklatilgan.












