Özbekiston yevrobondlariga talab kutilganidan yuqori bölmoqda, deb yozadi Reuters. 

Hukumat 1 milliard AQŞ dollari miqdorida yevrobondlar çiqarişni rejalaştirayotgan bir paytda, yevrobondga bölgan talab London birjasida keskin ortib ketgan. Özbekiston tomoni London vaqti bilan soat 12:15ga kelib, talabning köpligini inobatga olib, 5 yillik obligatsiyalar narxini 5,0—5,125 foizga, 10 yillik obligatsiyalar narxini esa 5,625—5,75 foizga tuşirgan.

«Ammo hukumat oçiq va şaffof siyosatni namoyiş etişi, barçaning işonçini şu yöl bilan qozonişi kerak», – deb ta'kidlagan birja boşqaruvçilaridan biri.  

Hukumat rejasiga köra, 5 va 10 yillik 500 million dollardan jami 1 milliard dollarlik bondlar realizatsiya qilinişi kutilayapti. Moliya vaziri Jamşid Qöçqorovga köra, 2020 yilga qadar yana bondlar muomalaga kiritiladi. 

Ma'lum qilinişiça, pasaytirilgan narx böyiça Özbekiston obligatsiyalariga talab 8,5 milliard dollardan oşib ketdi.