Joriy yilning 13 fevralida Toşkentda ötgan Özbekiston-Şvetsiya biznes-forumida Xalq ta’limi vazirligi va EF Language Learning Solutions kompaniyasi özaro anglaşuv memorandumi imzolandi. 

Vazirlik axborot xizmati tarqatgan xabarga köra, memorandum doirasida inson kapitalini rivojlantiriş böyiça eng yaxşi xalqaro tajribalarni almaşişga kelişildi. 

«Endilikda tomonlar çet tili öqituvçilariga ingliz tilini bepul öqitiş hamda ularning bilimlarini baholaş sohasida hamkorlik qiladi. E’tiborlisi, mazkur hamkorlik doirasida Xalq ta’limi tizimi rahbar xodimlari uçun ham trening taşkil etiladi. Şu bilan birga Şvetsiya kompaniyasi yurtimiz iqtisodiyotining strategik tarmoqlari uçun mutaxassislar tayyorlaşga kömaklaşadi. Kelgusida tomonlar turli seminar hamda tadbirlarni ötkazişda hamkorlik aloqalarini yölga qöyişni rejalaştirmoqda», – deyiladi vazirlik axborotida.

Eslatib ötamiz, 2019 yilning yanvar oyida Xalq ta’limi vaziri Şerzod Şermatov London taşrifi çoğida Jahon ta’limi forumida iştirok etgan hamda şved kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar ötkazgan edi. Muzokaralar çoğida EF Language Learning Solutions kompaniyasi yurtimiz öqituvçilarini ingliz tili böyiça sinovdan ötkaziş, ularning bilim darajasini aniqlaş hamda uşbu test sinovlaridan muvaffaqiyatli ötganlarni Yevropa va Amerika oliy öquv yurtlariga öqiş va malaka oşiriş uçun yuborişga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Bundan taşqari, kompaniya Özbekistondagi öqituvçilarga IELTS / TOEFL uçun mos keluvçi, xalqaro miqyosda tan olingan EF Standard English Test ta’lim sertifikati asosida ingliz tilini örgatiş taklifini kiritgan. Hamkorlikning keyingi yönalişi sifatida mamlakatimizda «Ta’lim darajasini milliy baholaş» platformasining joriy etilişi belgilangan.

Ma’lumot uçun, EF Language Learning Solutions kompaniyasi 1965 yilda Şvetsiyada taşkil etilgan xususiy ta’lim kompaniyasidir. Kompaniyaning maqsadi «Dunyoni ta’lim orqali kaşf etiş». 

Şuningdek, kompaniyaning dunyodagi 500 dan ortiq maktab va ofislarida 52 000 öqituvçi, tadqiqotçi va boşqa mutaxassislari mavjud. Kompaniya turli davlatlar taşkilotlarining boşqaruv xodimlari uçun ingliz tilidagi innovatsion ta’lim dasturlarini yaratib, inson kapitalini rivojlantiriş böyiça davlat organlari bilan samarali hamkorlik qiladi.