13 fevral kuni Kun.uz saytida Samarqandda yirik tadbirkor Umar Rajabov va uning öğli Ruslan Rajabov qamoqqa olingani töğrisida xabar berilgandi. Bugun, 14 fevral kuni Samarqand şahar prokuraturasi tomonidan mazkur tergov işi doirasida dastlabki ma'lumot berildi. Garçi, ma'lumotda tadbirkorning yoki uning öğlining ism-şarifi rasman tilga olinmagan bölsa-da, tarqalgan xabarlar, taşkilotlar nomi va faoliyat turiga köra aynan mana şu mavzuda gap ketayotganini anglaş mumkin.
«Samarqand şahar prokuraturasi tomonidan «Afrosiyob Xosiyat Begim Makoni» MÇJ rahbari Ş.A. va boşqalarga nisbatan JKning 168-moddasi, 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Aniqlanişiça, O.R. «Afrosiyob Xosiyat Begim Makoni» MÇJni ta'sis etib, norasmiy ravişda boşqarib kelib, F.F., Ş.A., R.R. va boşqalar bilan jinoiy til biriktirib, jamiyatga Samarqand şahrining tegişli qismlarida köp qavatli uy-joy quriş uçun ruxsat berilmagan bölsa-da, fuqarolar N.K., Ç.A., R.A. körsatilgan manzilga köp qavatli uy-joy qurişini aytib, ularni aldab, firibgarlik yöli bilan 900 mln. sömdan ortiq naqd pul mablağini qölga kiritgan.
11.02.2019 yilda O.R., R.R., F.F. va Ş.A. JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida uşlandi.
13.02.2019 yilda O.R., R.R., F.F. va Ş.A.ga JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandida, 189-moddasida, 228-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida va 228-moddasi 3-qismi bilan ayb e'lon qilinib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Mazkur jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda», - deyiladi rasmiy ma'lumotda.
Eslatib ötamiz, «Umar» kompaniyasi 2016 yilda Samarqandning Mironşoh köçasida köp qavatli uy qurilişini boşlagandi. 2018 yilning iyunida YuNeSKO bu qurilişga e'tiroz bildirgan, öz navbatida Samarqand şahri hokimligi ham uy buzilişi töğrisida qaror çiqargandi.
Hokimlik ma'lumotiga köra, «Afrosiyob Xosiyat Begim Makoni» şirkatiga Samarqand şahrining avvalgi hokimi Vohid Sanaquloviç Rahimov tomonidan imzo çekilgan (u 2017 yilning avgustida işdan olingan) qaror bilan Mironşoh köçasida 2 qavatli savdo markazi qurişga ruxsat berilgan. Ammo tadbirkor bu hududda 7 qavatli uy qurişni boşlagan. 2018 yilning iyunida Samarqand şahrining hozirgi hokimi Furqat Rahimov qaroriga asosan binoni buziş işlari boşlangaç, binodagi uylar uçun avvaldan buyurtma qilib, haq tölab qöygan mijozlar pullarni qaytarişni talab qila boşlaşgan.










