Rossiya hukumati AQŞning turli «reketçilik hujumlari»dan himoyalaniş uçun qator samarali çoralarni körib qöydi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Bu haqda TASS xabar qildi.

Peskov bular qanday çoralar ekanligiga aniqlik kiritmadi.

Kreml vakili Rossiyaga qarşi tayyorlanayotgan sanksiyalarni oşkora rusofobiyaning körinişi deb atadi. Uning sözlariga köra, amerikalik qonunçilarning Rossiya energoloyihalari va banklariga qarşi çeklovlar kiritişga urinişi reketga yaqin.

Avvalroq AQŞdagi bir guruh senatorlar Rossiyaga qarşi qöşimça sanksiyalar töğrisidagi qonun loyihasini taqdim etgandi.