Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Ixtisoslaştirilgan ftiziatriya va pulmonologiya yordami körsatiş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.
Qaror bilan quyidagilar Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining sil va öpkaning nospetsifik kasalliklari tarqalişiga qarşi kuraşiş böyiça asosiy vazifalari etib belgilandi:
mintaqaviy epidemiologik holatni muntazam ravişda tahlil qiliş va monitoringini olib boriş, sil va uning dorilarga çidamli şakllari, öpkaning nospetsifik kasalliklari tarqalişi tendensiyalarini prognoz qiliş;
sil va öpkaning nospetsifik kasalliklarini keltirib çiqaradigan qözğatuvçilarni laborator taşxislaş usullarini sifat jihatidan yanada yaxşilaş;
innovatsion usullarni joriy qiliş asosida sil va nospetsifik öpka kasalliklarining oldini oliş borasidagi kompleks profilaktika işlarini amalga oşiriş, silning latent şakllarini, silni yuqtirib oliş xavfi yuqori bölgan şaxslarni, şuningdek, silning dorilarga çidamli turiga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölgan şaxslarni taşxislaş va davolaşni taşkillaştiriş;
sil va öpkaning nospetsifik kasalliklarini profilaktika qiliş,
öz vaqtida taşxislaş va davolaşga yönaltirilgan fundamental, amaliy
va innovatsion loyihalar böyiça ilmiy tadqiqotlarning muvofiqlaştirilişini ta'minlaş;
birlamçi tibbiy-sanitariya yordami darajasida barçaga sifatli tibbiyot xizmatlarini ta'minlagan holda silning tarqalişiga qarşi çora-tadbirlarning OIV/OITSni davolaş, ona va bola salomatligini muhofaza qiliş dasturlari bilan integratsiyasini taşkillaştiriş.
Quyidagilar:
2019-2021 yillarda sil va öpkaning nospetsifik kasalliklari tarqalişiga qarşi kuraşiş kompleks çora-tadbirlari;
2020-2021 yillarda ftiziatriya muassasalari binolarini rekonstruksiya qiliş tadbirlari dasturi;
2020-2021yillarda ftiziatriya muassasalarini zamonaviy taşxislaş, davolaş va reanimatsiya uskunalari bilan jihozlaş çora-tadbirlari dasturi;
2020-2021 yillarda silga qarşi sanatoriyalarni zamonaviy reabilitatsiya, taşxislaş va laboratoriya uskunalari bilan jihozlaş çora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

















