AQŞning Vebster universiteti va Al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti örtasidagi hamkorlik asosida «Loyihalarni boşqariş» yönalişi böyiça magistratura bosqiçiga hujjatlar qabuli davom etmoqda. Ta’lim Vebsterning Master of Business Administration (MVA ─ biznes boşqaruvi magistri) öquv dasturi asosida olib boriladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Mazkur dastur AQŞning Biznes-maktab va dasturlar akkreditatsiyasi kengaşida akkreditatsiyalangan, şuningdek, Vebster universitetining faoliyati Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan.
Öquv kursi 3 semestr, 18 oy davom etadi. Har bir semestr uçun şartnoma tölovi 3000 AQŞ dollari, umumiy hisobda 3 semestr uçun 9000 AQŞ dollarini taşkil etadi. Ta’lim jarayoni TATUda xorijiy hamda saralangan mahalliy pedagog kadrlar tomonidan ingliz tilida olib boriladi.
Öqişni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Vebster universitetining MVA diplomiga ega bölişadi.
Hujjat topşiruvçilar IELTS böyiça 6.0dan past bölmagan körsatkiçga ega bölişi, ta’limning bakalavriat bosqiçini yakunlagan hamda iqtisodiyot, menejment, biznes sohasi böyiça bazaviy ma’lumotga ega bölişi talab etiladi.
Öquv kursi 2019 yil mart oyidan boşlanadi. Hujjatlar 20 fevralga qadar qabul qilinadi.
Toşkentda AQŞ oliygohining filialini oçiş böyiça Özbekiston Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vebster universiteti örtasidagi tegişli kelişuv Şavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkka 2018 yil sentabr oyida amalga oşirgan taşrifi doirasida bölib ötgan Özbekiston ─ Amerika biznes forumi yakunlari böyiça imzolangan edi.
Ma’lumot uçun, Vebster universiteti 1915 yilda Missuri ştatida taşkil etilgan. U Şveytsariya, Avstriya, Gretsiya, Gollandiya, Xitoy, Tailand va Ganada öz filiallariga ega. Universitet 2017 yili AQŞning eng yaxşi oliygohlari reytingida 24 örinni egallagan.












