Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Ixtisoslaştirilgan ftiziatriya va pulmonologiya yordami körsatiş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019/2020 öquv yilidan boşlab Toşkent tibbiyot akademiyasida, keyinçalik boşqa tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida “Pulmonologiya” mutaxassisligi böyiça magistraturada kadrlarni tayyorlaşni bosqiçma-bosqiç taşkillaştiriş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Belgilab qöyilişiça, 2019/2020 öquv yilidan boşlab “Ftiziatriya” va “Pulmonologiya” mutaxassisligi böyiça magistratura va klinik ordinaturada kadrlarni tayyorlaş faqat davlat grantlari asosida amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi:
immunodiagnostikani ötkaziş maqsadida 2019 yil 1 aprelga qadar
sil kasalligini yuqtirib oliş xavfi yuqori bölgan şaxslarning asoslangan kontingentini aniqlaydi;
2019 yil 1 mayga qadar Respublika ixtisoslaştirilgan ftiziatriya
va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy markazlarining yangilangan taşkiliy-ştat tuzilmalarini “Soğliqni saqlaş” tarmoği böyiça közda tutilgan yillik budjet mablağlari doirasida tasdiqlaydi;
2019 yil 1 mayga qadar respublika, viloyat va tuman (şahar) miqyosida körsatiladigan tibbiy xizmatlar hajmini, pulmonolog xonasini jihozlaş standartlarini, mutaxassislarning funksional vazifalarini belgilagan holda pulmonologiya bölimlari faoliyatini taşkillaştirişni nazarda tutuvçi pulmonologiya yönalişi böyiça tibbiy yordam körsatiş tartibini tasdiqlaydi;
2019 yil 1 iyunga qadar Moliya vazirligi bilan birgalikda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uşbu bandning ikkinçi xatboşida körsatilgan şaxslarda aniqlangan latent silni taşxislaş va davolaş tadbirlarini taşkillaştiriş, şuningdek, uşbu tadbirlarni moliyalaştiriş manbalarini aniqlaş böyiça takliflar kiritadi;
Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi bilan birgalikda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uç oy muddatda sifatli taşxislaş, silga qarşi dori va individual himoya vositalarini işlab çiqarişni taşkillaştiriş va rivojlantiriş böyiça takliflar kiritadi;
Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda tibbiyot oliy ta'lim muassasalarining öquv dasturlari va yuklamalarini tanqidiy örganiş natijalari asosida tibbiyot oliy ta'lim muassasalarining “Ftiziatriya” kafedralarini “Ftiziatriya va pulmonologiya” kafedralariga qayta ixtisoslaştiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi.

















