Keyingi yillarda mamlakatimizda qişki sport öyinlarini rivojlantiriş, toğ-çanğisi, hokkey, figurali uçiş kabi sport turlarini ommalaştirişga katta e'tibor qaratilmoqda. Çunonçi, poytaxtimizda «Humo» arenasi ham ayni şu maqsadlarda barpo etilmoqda.

Özbekiston yoşlar ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qömitasi hamda Sportning qişki va murakkab texnik turlari böyiça respublika oliy sport mahorat maktabi hamkorligida Böstonliq tumanining Çimyon toğ-çanği zonasida ilk bor «Chimgan Challenge» qişki sport öyinlari böyiça yoşlar festivaliga start berdi.  

Tadbirning oçilişida sözga çiqqanlar mamlakatimizda qişki sport öyinlarini yanada rivojlantiriş, musobaqa kölamini kengaytiriş, kelajakda musobaqani xalqaro turnir darajasiga olib çiqiş, bu orqali  köplab iste'dod egalarini kaşf etiş haqida fikr-mulohazalarini bildirib ötişdi.

Ta'kidlaş kerakki, yoşlar orasida sportning qişki turlarini ommalaştiriş, navqiron avlod vakillarida salbiy illatlarga qarşi soğlom immunitetni şakllantiriş maqsadida taşkil etilgan mazkur festivalda 18dan 30 yoşgaça bölgan havaskor sportçi yoşlar toğ-çanğisi, snowboarding hamda voleybol sport turlari böyiça bellaşdi.

Musobaqalarda Toşkent viloyatining har bir tuman hamda şaharlaridan 3 yoş toifasida 500 nafarga yaqin yoşlar iştirok etmoqda.