Osiyo Futbol Konfederatsiyasi intizom qömitasi Özbekiston terma jamoasi va Saudiya Arabistonining «Uhud» klubi darvozaboni Ignatiy Nesterovni taqiqlangan moddani iste'mol qilganlikda gumonlab, futboldan çetlatdi. Bu haqda Goal SA xabar bermoqda.
«Uhud» klubi Nesterovning örniga boşqa darvozabonni röyxatdan ötkazişni sörab, Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasiga murojaat qilgan.
Şu paytga qadar Nesterov «Uhud» tarkibida 2 marta maydonga tuşdi va har ikkala öyinda jamoasi ğalaba qozondi. Sönggi turdan örin olgan «At-Ta'vun» klubiga qarşi bahsda esa qaydnomaga kiritilmadi.
Xabarga köra, Nesterov Özbekiston terma jamoasi safida yanvar oyida Osiyo Kubogida iştirok etganida topşirgan doping tahlili ijobiy natija bergan. Yaqin orada u Malayziyaga, OFK qarorgohiga borib, doping tahlillari natijasi yuzasidan tuşuntiriş berişi lozim.
Qayd etiş joizki, OFK saytida Nesterovning doping tahlili ijobiy natija bergani va uning futboldan çetlatilgani haqida heç qanday rasmiy xabar yöq.

















