Butun dunyo böylab çap radikal siyosatçilar haddan ziyod badavlat işbilarmonlar boyligining muayyan qismini qölga kiritib, ulardan qutuliş haqida orzu qilişadi. Biroq bunday böladigan bölsa, filantropiya va xayriya bilan kim şuğullanadi? Forbes şu haqidagi maqolasi bilan bölişdi.
Ötmiş va kelajakda sayyoraning eng badavlat kişisi (Jyeff Bezos turmuş örtoği bilan rasman ajraşgaç, şunday böladi) Bill Geyts uni ötgan asrning eng boy kişisiga aylantirgan öz temir mantiğini bajonidil namoyiş etadi, hatto muhokama mavzusi uning özi yoki milliarder hamkasblari bölsa ham...
"Şunisi qiziqki, odamlarni birinçi marta "Milliarderlarning nima keragi bor? Haşamat uçun soliq solinişi kerakmi?" kabi savollar öylantirmoqda. Bu bahs-munozaralar uçun ajoyib mavzu".

Geytsning bu sözlari yaqindagina Amerika tarixidagi birinçi milliarder-prezident yaşovçi Trump Tower'dan atigi bir daha narida yangradi. "Fikrimça, meros uçun soliq solinişi kerak va ehtimol, hozirgidan-da yuqori. Bu masalada Forbes röyxatidagi aksariyat milliarderlar Uorren Baffet bilan meni qöllaydi, deb öylamayman - biz bu yerda özimizga özimiz zarar qilyapmiz, - deydi Geyts. - Şuning uçun kapital va mulk soliqqa solinişi kerak yoki kerak emasligiga doir köp bahs-munozaralar olib borilmoqda".

Milliarderlar masalasiga doir qat'iy yondaşuvga keladigan bölsak, bu borada Geyts şunday deydi: "Dunyoda milliarderlar qolmasligi kerakligiga oid ğoya bor, - buni haqiqatda hayotga tatbiq etadigan bölsangiz, yöqotganingizdan köpini topa olmaysiz, deb qörqaman".
Keling, Geytsning xayriyaga önlab million mablağ sarflayotganiga e'tibor qarataylik - u va turmuş örtoği Melinda Geyts jahondagi eng yirik xayriya jamğarmasiga ega. Geyts va Baffetlarning hadya qasamini inobatga olaylik. Geytsning progressiv soliq tizimidan konfiskatsion soliq tizimiga ötiş, umuman olganda, farovonlik va innovatsiyalar rivojiga kamroq ijobiy ta'sir körsatişiga oid adolatli fikrini hisobga olamiz. Bill va Melinda tizimli ravişda şu kabi masalalarni tadqiq qilişmoqda.
"Bir inson hayotini saqlab qolayotganingiz 1 million tejayotganingizga qaraganda kattaroq taassurot qoldiradi",












