Kuvaytning Alshaya Group kompaniyasi Özbekistonda mehmonxona biznesi bilan şuğullanişga qiziqiş bildirmoqda. Xorijiy kompaniya yaqin kunlarda Toşkent şahridagi «Özbekiston» mehmonxonasida bölgan davlat uluşini sotib olişi mumkin, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. 

14 fevral kuni kompaniya ijroçi direktori Muhammad al-Şay boşçiligidagi delegatsiya Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo va investitsiyalar vazirligida muzokaralar olib bordi.  Uçraşuvda arab işbilarmonlari mehmonxona biznesi, xususan «Özbekiston» mehmonxonasidagi davlat uluşini sotib olişga qiziqiş bildirgan. 

Foto: Özbekiston Taşqi savdo va investitsiyalar vazirligi

Eslatib ötamiz, hukumat maşhur «Özbekiston» mehmonxonasidagi davlat uluşini sotişi haqida xabar tarqatgandi. 1974 yili qurilgan mehmonxona binosi 33 million AQŞ dollariga baholanmoqda. Binoda sönggi rekonstruksiya işlari 2010 yili olib borilgan.