ASIA ALLIANCE BANKning strategik maqsadlari birinçi navbatda iste'molçilarning moliyaviy ahvolini yaxşilaşga va iste'molçilar uçun yangi xizmatlarni yaratişga qaratilgan. Şu nuqtai nazardan, innovatsion mahsulotlarni tarğib etiş uçun bank xizmatlarini qulayligi va moliya bozorida raqobatbardoş muhit yaratiş uçun, bundan taşqari “2017-2021 yillarda Özbekistonni rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi”da belgilangan bir qator vazifalarini amalga oşiriş maqsadida bank doimiy ravişda rivojlanmoqda va mijozlarga bank filiallariga murojaat qilmasdan öz hisobvaraqlaridan masofaviy foydalanişni amalga oşiriş imkoniyatini yaratadigan yangi mahsulotlar va imkoniyatlarni joriy etmoqda.
Şu kabi yangiliklardan biri, Avtomatlaştirilgan depozit maşinasi (ADM) ilk bor Özbekiston iste'molçilari uçun taqdim etildi. Bu uskuna bank hisob varaqlariga naqd pul mablağlarini qabul qilişda va uşbu hisob varaqlarga kirim qiliş jarayonlarini avtomatik tarzda ötkaziş imkonini yaratadi.
Avtomatlaştirilgan depozit maşinasi (ADM) - bu mablağlarni avtomatik tarzda qabul qiliş, aslligini tekşiriş, qayta hisoblaş va katta miqdordagi pulni saqlaş uçun möljallangan zamonaviy uskuna.
ADM sizga katta miqdordagi naqd pulni yiğiş va tekşiriş jarayonini tez, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan samarali qiliş imkonini beradi.
Endi ADM yordamida mijozlar katta miqdorda bank xodimi iştirokisiz, har qanday tijorat bankida oçilgan hisobvarağiga pul mablağlarini ötkazişlari mumkin. Mijozlarning hisobvarağlariga pul mablağlarini ötkaziş real vaqtda yoki keyingi bank kunidan keçiktirmagan vaqtda amalga oşiriladi.
ADMdan foydalanişning quyidagi afzalliklariga e'tibor qaratiş lozim:
- mablağlarni birligidan qat'iy nazar, qayta hisoblaş imkoniyati;
- kiritilgan banknotlarni qayta hisoblaşning yuqori tezligi;
- pul mablağlarini maxsus qurilgan hamda turli hujumlardan himoyalangan xavfsiz seyflarda saqlaş imkoniyati;
- mijozning vaqtini tejaydigan bank xodimlarining iştirokisiz kiritilgan pul mablağlarini tez fursatlarda mijozning hisob raqamga ötkaziş;
- Maxsus avtomatik qulflangan katta hajmli yuk xaltasi;
- amaliyotlarni çek bilan tasdiqlaş va amalga oşirilgan operatsiyalar böyiça SMS-xabarnoma xizmati;















