Qaşqadaryo viloyatidagi Akba oltin konida Ozarboyjon kompaniyasi tomonidan kompleks geologik qidiruv işlari olib boriladi. Bu haqda AzerGold aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar berdi.
AzerGold Özbekistonda AzerGold Uzbekistan nomli masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi şuʼba korxonasini rasman röyxatdan ötkazdi. Yangi tuzilmaning asosiy vazifasi ikki mamlakat örtasida toğ-kon sanoati va geologik qidiruv sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirişdan iborat.
Dastlabki bosqiçda Qaşqadaryo viloyatidagi Akba oltin konining mineral resurslari baholanadi va uni sanoat miqyosida özlaştirişning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi örganiladi.
Ayni paytda kon hududida iş boşlaş uçun zarur ruxsatnomalarni oliş jarayoni davom etmoqda. Özbekiston hukumati tomonidan tegişli litsenziya berilgaç, 18 oyga möljallangan geologik qidiruv işlari boşlanadi.
Bu davrda kon böyiça mavjud geologik maʼlumotlar tahlil qilinib, qöşimça qidiruv işlari olib boriladi. Mineral resurslar xalqaro JORC kodeksi talablariga muvofiq baholanadi. Şuningdek, metallurgik sinovlar ötkazilib, qazib oliş texnologiyalari va loyihaning atrof-muhitga taʼsiri örganiladi.
Qidiruv işlari yakunlanganidan söng konni özlaştiriş böyiça yakuniy texnik-iqtisodiy asos işlab çiqiladi. Tadqiqot natijalari asosida tayyorlanadigan investitsiya taklifi Özbekistonning tegişli davlat organlariga taqdim etiladi.
Loyihaning huquqiy asosi 2026-yil 17-iyunda AzerGold va Özbekiston Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi örtasida Akba oltin konini birgalikda özlaştiriş böyiça imzolangan kelişuv hisoblanadi.
AzerGold Özbekistondagi faoliyatini Akba koni bilan çeklamoqçi emas. Kompaniya Navoiy va Nurota şaharlari oraliğidagi istiqbolli hududlarda ham geologik qidiruv işlarini taşkil etişni rejalaştirmoqda. Şu maqsadda maxsus qöşma korxona tuziladi. Uning taşkil etilişi 2026-yil 17-iyulda AzerGold, «Özbekgeologorazvedka» AJ hamda Ozarboyjon–Özbekiston investitsiya kompaniyasi örtasida imzolangan uç tomonlama kelişuvda nazarda tutilgan. Hozirda qöşma korxonaning taʼsis hujjatlarini kelişiş va zarur davlat ruxsatnomalarini oliş işlari olib borilmoqda. Loyiha doirasida dastlabki ikki yil uçun geologik qidiruv işlari va ularni moliyalaştiriş rejasi ham işlab çiqilgan.
Qöşma korxona töliq işga tuşgaç, istiqbolli hududlarda bosqiçma-bosqiç geologik tadqiqotlar ötkaziladi. Agar ular natijasida iqtisodiy jihatdan samarali qazib oliş imkonini beradigan foydali qazilma zaxiralari aniqlansa, tomonlar tegişli investitsiya loyihalarini amalga oşiriş va konlarni birgalikda özlaştirişga kirişadi.













