Parij metrosida kislota yordamida hujum qilindi, deb xabar berdi Le Parisien va France Info radiostansiyasi.
Radiostansiyaning ma'lumot berişiça, hodisa Gare de Lyon va Bastille bekatlari oraliğida yuz bergan. Jabrlanuvçi oğir ahvolda ekanligi, hujum qilgan şaxs qidirilayotgani aytilmoqda. Hujum qilişda foydalanilgan kislota tekşiruv uçun jönatilgan.
Le Parisien gazetasining aniqlik kiritişiça, jabrlangan şaxs 20 yoşli sayyoh bölib, uning yuzi va qöllari kuygan. Naşrning yozişiça, bu keyingi kunlarda yuz bergan birinçi hodisa emas: çorşanba kuni metroda ikki yölovçi örindiqlar ostida qoldirib ketilgan şişa idiş içidagi kimyoviy moddadan zaharlangandi.













