Özbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019 yilning 25 fevraldan boşlab qiymati 100 000 söm bölgan banknot körinişidagi yangi pul belgisi muomalaga çiqarilişi töğrisida ma'lum qildi.
Qiymati 100 000 söm bölgan banknotning mavzusi (tematikasi) buyuk özbek olimi Mirzo Uluğbek faoliyati va uning astronomiya fanidagi yutuqlariga bağişlangan.
Banknotning ölçami 144 x 78 mm. bölib, maxsus himoyalangan qoğozda çop etilgan.
Banknotning öng tarafidagi oq oval qismida Mirzo Uluğbek surati körinişidagi lokal suv belgisi va 100000 raqami körinişida filigran suv belgisi joylaşgan. Banknotning öng tarafidagi qoğoz qatlamida kengligi 5 mm. 3D effektga ega bölgan, yuqori himoyali, şönğuvçi, banknotning ustki qatlamiga çiquvçi himoya ipi joylaştirilgan. Yoruğlik manbaida ip töliq körinişga ega bölib, banknotning istalgan qiyalik körinişida ipdagi tasvirlarda siljiş effekti paydo böladi. Old va orqa tomonlarining foni asosan oç jigarrang va havo ranglaridan iborat.
Banknot old tomonining çap qismida Mirzo Uluğbek haykali tasvirlangan. Banknotning yuqori qismining çap tarafida rangi özgaruvçan 100000 raqami joylaştirilgan bölib, ma'lum qiyalik burçagida qaralganda uning rangi qirmizi rangdan jigarrangga özgaradi.

Banknotning quyi qismining çap tarafida ornamental tasvir asosida (fonida) “UZB” körinişidagi yaşirin tasvir mavjud bölib, u yoruğlik manbaiga nisbatan ma'lum qiyalikda körinadi. Banknotning çap tomonida joylaşgan yaşil rangdagi maxsus element közi ojiz insonlar uchun möljallangan bölib, böyoqning börtmaligi hisobiga banknotning qiymatini aniqlaş mumkin. Banknotning yuqori qismida, haykalning öng tomonida köp funksiyali usturlob ("Astralyabi") astronomik asbobi tasviri joylaşgan va u registr vazifasini bajarib, “old” va “orqa” tomonlarini bir-biri bilan mos tuşiriş uchun xizmat qiladi, yoruğlikka qaratilganda orqa tomondagi rangli fon bilan tasvir mukammallaşadi.
Banknot yuqori qismining öng tomonida “ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni mavjud.
Banknotning yuqori öng burçagida Özbekiston Respublikasining Gerbi jigarrangda aks ettirilgan.
Banknotning örta qismida quyoş sistemasi sxemasi joylaşgan bölib, uning rangi köriş burçagiga qarab bronza rangidan yaşil rangga özgaradi.













