Batumi şahar sudi özbekistonlik ayolni 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U öz vatandoşini Gruziyada fohişalik bilan şuğullanişga majburlagan, deb xabar bermoqda Sputnik Gruziya mamlakat Boş prokuraturasiga tayangan holda.
Iş materiallarida aytilişiça, 2018 yilning yanvarida ayol Özbekistonda bölgan yurtdoşi bilan boğlanib, uni Gruziyada işlaşga taklif qilgan. U rozi bölgan hamda 2018 yil fevral oyida Gruziyaga kelib, Qora dengiz böyidagi Batumi kurort şahrida ijara uyga joylaşgan.
Keyinçalik uni Gruziyaga taklif qilgan ayol pasportini olib qöyib, şaharda erkin harakatlanişni taqiqlagan va fohişalik bilan şuğullanişga majburlab, pullarni öziga olgan. Ayolni Batumi va Adjariyaning Xelvaçaur tumanidagi tungi klublar, mehmonxonalar hamda restoranlarga tungi vaqtda majburlab olib borişgan.
Politsiya jinoyat işi oçganida, gumonlanuvçi ğoyib bölgan. 2018 yil may oyida u qidiruvga berildi, 14 kundan keyin esa Axalkalaki (Samsxe-Javaxeti mintaqasi) şahrida qölga olindi.












