Hongkong axloq tuzatiş muassasalari xizmati yuqori texnologiyalar yordamida öz qamoqxonalari xavfsizligini oşirmoqçi. Komissar Denni Vu In-minning sözlariga köra, yaqin vaqt içida bir neça axloq tuzatiş koloniyalari "aqlli" kameralar bilan jihozlanadi. Şu bilan birga, mahbuslar joylaşuv va yurak ritmi çastotasiga köra kuzatuvçi bilakuzuklar tufayli doimiy nazorat ostida bölişadi.
Yangi texnologiyalar huquqni muhofaza qiluvçi xodimlar bilan birga mahbuslarning ham xavfsizligini oşirişga yönaltiriladi. Ular dastlab uç axloq tuzatiş muassasasida sinovdan ötkaziladi. Texnologiyalar öz samaradorligini isbotlagan taqdirda, "aqlli" jihozlar boşqa qamoqxonalarda ham keng tarqatiladi.
Sun'iy intellektli kameralarni vannaxonalarga örnatiş rejalaştirilgan. Konfidensiallikni ta'minlaş uçun olingan materiallarning ba'zi joylari qoraytiriladi. Tizim mahbuslar orasidagi muştlaşuv va kasallik xurujlari kabi muammoli vaziyatlarni kuzatadi va aniqlaydi.
Bilakuzuklar qöriqçilarga har bir jinoyatçining joylaşuviga oid ma'lumotni yetkazib turadi. Şuningdek, ular mahbuslarning yurak urişini kuzatib, ularni salomatligi bilan boğliq muammolardan xabardor qilişadi. Mazkur tizim qamoqxonadan qoçiş, suiqasd va kutilmagan ölim holatlarining oldini olişi kutilmoqda.
Qamoqxona vakillarining ta'kidlaşiça, "robot" deganda ular çiqindilarda giyohvandlik moddalarini qidiruvçi mexanik qölni nazarda tutişmoqda. Ayni damda esa qamoqxona xodimlarining özi bu iş bilan şuğullanişga majbur.












