15 fevralda Özbekistonning Malayziyadagi Elçisi Ravşan Usmonov “TXMR” kompaniyasi korxonasiga taşrif buyurdi. Usmonov u yerda kompaniya ijroçi direktori Tengku Farid bilan uçraşdi.

“TXMR” nafaqat Malayziyada, balki Janubi-Şarqiy Osiyoda sanoatni avtomatlaştiriş va robotlar işlab çiqariş böyiça yetakçilardan hisoblanadi. Yevropa va Osiyoning yetakçi korporatsiyalari kompaniya bilan hamkorlik qiladi.

Uçraşuvda Özbekistonda xorijiy investitsiyalar, ilğor xorijiy tajriba va nou-xau jalb qilgan holda zamonaviy yuqori texnologik korxonalarni taşkil etiş muhokama qilindi.

Malayziya tomoni Özbekistonda sanoat sektorini modernizatsiya qiliş, import örnini bosuvçi mahsulotlar turlarining kengaytirilişi böyiça körilayotgan çoralarni yuqori baholadi va özaro manfaatli aloqalarni yölga qöyişdan manfaatdorligini bildirdi. 

Uçraşuv natijalariga köra “TXMR” rahbariyatining Özbekistonda robototexnika işlab çiqaruvçi qöşma korxonani taşkil etiş uçun aprelda yurtimizga taşrifini taşkillaştiriş böyiça kelişuvga kelingan. Bu Özbekistonning içki va taşqi bozorlar uçun raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqaruvçi liniyalari samaradorligini va rentabelligini oşiriş uçun zarur şaroitlarni ta'minlaydi.