Sloveniya parlamenti deputati Dariy Krayniç dökondan sendviç “öğirlagandan” keyin iste'foga çiqişga majbur böldi. Sobiq deputatning aytişiça, u buni “ijtimoiy tajriba” sifatida amalga oşirgan.
Voqea Lyublyana markazidagi dökonlardan birida yuz bergan. Krayniçning aytişiça, u kassa oldida pul tölaş uçun turganda dökonning 3 xodimi unga e'tibor bermay, 3 daqiqa davomida özaro gaplaşib turgan. U şunda sotuvçilar tovar bilan ketib qolganini sezişadimi-yöqmi tekşirib körişga qaror qilgan.
54 yoşli deputatning aytişiça, u umrida birinçi marta öğirlik qilgan va dökonda videokuzatuv bölganiga qaramay, heç kim uni töxtatmaganidan ajablangan. Biroq u keyinroq sendviç uçun tölovni amalga oşiriş uçun dökonga qaytgan.
Voqea haqida Krayniçning özi ma'lum qilgan: u 13 fevralda parlamentning qişloq xöjaligi qömitasi uçraşuvida bu voqeani kulgili voqea sifatida sözlab bergan. Deputatning hamkasblari dastlab haqiqatan kulişgan, biroq ertasi kuni parlament fraksiyasi yetakçisi Brane Goluboviç Krayniçning bu işini nomaqbul deb atagan.
Şundan keyin Krayniç uzr keltirib, iste'foga çiqişga qaror qilgan. Goluboviçning aytişiça, deputat bu qarorni partiyaning “yuqori axloqiy standartlariga muvofiq” mustaqil qabul qilgan.












