2019 yilgi mavsumdan boşlab, Superliga öyinlari teletranslatsiyasida özgariş yuz beradi, deb yozadi PFL sayti.
Unga köra, milliy çempionat öyinlari translatsiyasi boşlanayotganda jamoalar tarkiblari xuddi Yevropaning ligalari kabi futbolçilarning çiqib kelişi körinişida berib boriladi. Qolaversa, takroriy lavhalar va öyin hisobi namoyiş etiladigan teleeffektlar bir xil körinişda böladi.
Şu maqsadda PFL yangi taşkil etilgan telestudiyada ilk fotosessiya va videoşuting jarayonini ötkazgan. Dastlab «Paxtakor» va OKMK klubi futbolçi va murabbiylari unda iştirok etgan.
Videoşuting davomida jamoalarning tarkiblari TV orqali taniştirilişi uçun olingan videolavhalar yakunda milliy çempionatimiz öyinlarini teletranslatsiya qiluvçi Sport telekanaliga taqdim etiladi, deyiladi PFL xabarida.












