AQŞ prezidenti Donald Tramp favqulodda vaziyat tartibini joriy qildi. Uning bu boradagi çiqişi Oq uyning saytida jonli efirda uzatilgan.
“Bu yerda murakkab narsa yöq, barçasi oddiy. Biz giyohvand moddalar, jinoyatçilar va jinoiy tödalar hududimizga ötmasligini istaymiz”, deb aytgan Tramp va ungaça ham boşqa prezidentlar favqulodda vaziyat e'lon qilişga borişganini ta'kidlab ötgan.
Favqulodda vaziyat Trampga kongress roziligisiz Meksika bilan çegarada devor qurişga yetmayotgan 6,5 mlrd dollarni ajratişga va uni AQŞ muhandislik qöşinlari korpusiga qurişni buyurişga imkon beradi. Tramp avvalroq devor qurilişiga 5,7 mlrd dollar söragan.
Demokratik partiyaning yetakçi vakillari Trampning bu qarorini hokimiyatni jiddiy suiiste'mol qiliş deb ataşgan. Kongress spikeri Nensi Pelosi demokratlar prezident qarori ustidan sudga arz qilişlari mumkinligini aytgan.












